
Londonning "Arsenal" klubi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida birinchi o'rinni qat'iy egallab turibdi. Yakshanba kuni "toʻpchilar" "Tottenhem"ni 4:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib, asosiy ta'qibchisi "Chelsi"dan olti ochkoga uzoqlashdi.
Opta superkompyuteri hisob-kitoblariga koʻra, Mikel Arteta boshchiligidagi jamoaning uzoq kutilgan chempionlik unvonini qoʻlga kiritish imkoniyati 75,56% deb baholangan. Ikkinchi favorit "Manchester Siti" (14,3%), uchinchi oʻrinda esa "Chelsi" (3,88%) joy olgan.
"Liverpul"ning oltin medalni himoya qilish imkoniyati esa juda past – atigi 2,13%. Kelgusi yakshanba, 30-noyabr kuni "Arsenal" safarda "Chelsi"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
"Topchilar" 2004-yildan beri Angliya chempioni bo'la olmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.