Menyanning ilhomli o'yini Milanga g'alaba keltirdi

Menyanning ilhomli o'yini Milanga g'alaba keltirdi

Menyanning ilhomli o'yini Milanga g'alaba keltirdi
Italiya chempionatining 12-turi doirasida oʻtkazilgan bosh oʻyinda "Milan" derbida "Inter" ustidan gʻalaba qozondi. Ushbu muvaffaqiyatga ko'p jihatdan darvozabon Mayk Menyanning ilhomli oʻyini sabab boʻldi.

U Hakon Chalhonogʻluning penaltini toʻsa oldi. "Gʻalabani jamoaviy saʼy-harakatlarimiz bilan qoʻlga kiritdik.

Biz shunday uslubda oʻynashda davom etsak, natijalar oʻz-oʻzidan kelaveradi", – dedi Menyan, pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Kelgusi turda A Seriyada "Milan" Rimning "Latsio" klubi bilan toʻqnash keladi.

"Inter" ustidan qoʻlga kiritilgan gʻalaba tufayli Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoa A Seriya turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar