
Italiya chempionatining oʻn ikkinchi turida "Milan" va "Inter" jamoalari oʻrtasidagi oʻyin markaziy uchrashuv sifatida eʼtirof etildi. Massimiliano Allegri shogirdlari uchrashuvning ikkinchi bo‘limi boshida Kristian Pulisich tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga minimal hisobda gʻalaba qozonishdi.
Mazkur oʻyinda tajribali darvozabon Yann Zommer muvaffaqiyatsiz oʻyin koʻrsatdi. U toʻpni bexosdan Pulisichning oyogʻiga qaytarib berdi va futbolchi toʻpni besh metrdan darvozaga joylab, hisobni ochdi.
Italiya matbuoti Zommerning bu xatosini qattiq tanqid qildi. Masalan, La Gazzetta dello Sport nashri unga ushbu oʻyin uchun juda past, 4,5 ball baho berdi.
Keyingi turda "Milan" oʻz maydonida "Latsio"ni qabul qilsa, "Inter" Pisaga safar qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.