date

Vinisius MYu yoki Liverpulga o'tishi mumkin


Real Madrid hujumchisi Vinisius Junior klubni tark etishi mumkin. Bu qaror Xabi Alonso bilan murakkab munosabatlar va braziliyalik futbolchining shartnomasi 2027 yil o'rtasigacha amal qilishi bilan bog'liq.

Madrid klubi Vinisiusni kelasi yozda transfer qilishni maʼqul ko'rishi mumkin, aks holda bir yildan so'ng uni bepul boy berish xavfi bor. Mirror nashrining xabar berishicha, Vinisiusning transfer vaziyatini diqqat bilan kuzatayotgan klublar qatorida Angliya Premer-ligasi grandlari — Liverpul va Manchester Yunayted bor.

Avvalroq matbuotda braziliyalik futbolchi ushbu klublar bilan bog'langan edi. Transfermarkt portali 25 yoshli Vinisius Juniorning transfer qiymatini 150 million yevro deb baholagan.

Shuningdek, Vinisius va Real o'rtasida shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar boshi berk ko'chaga kirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinisius MYu yoki Liverpulga o'tishi mumkin