date

Garri Keyn kelajagi haqida gapirdi


Bavariya hujumchisi Garri Keyn o'z kelajagi haqida fikr bildirdi. Keynning amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

"Shoshilishning hojati yo'q. Myunxenda o'zimni haqiqatan ham baxtli his qilyapman, bu mening o'yinimdan ham ayon.

Agar qandaydir muzokaralar bo'lsa, ko'ramiz. Lekin hozircha keyingi mavsum haqida o'ylamayapman.

Hozirgi e'tiborim yozgi Jahon chempionatida. Ushbu mavsumdan keyin biror narsa o'zgarishi ehtimoli juda kam.

Bavariya muxlislari xavotirga tushishi kerakmi? O'ylashimcha, yo'q", - dedi Keyn Bild nashriga.

Garri Keyn "Bavariya" safida jami 114 o'yinda maydonga tushib, 109 ta gol urgan va jamoadoshlariga 29 ta golli uzatma bergan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn kelajagi haqida gapirdi