date

Mbappe hakamni haqorat qilgan bo'lishi mumkin


"Real" jamoasi dam olish kunlari La Liga musobaqasida "Elche" mehmoni bo'lib, 2:2 hisobida durang o'ynadi. RMC Sport manbasining DAZNga tayanib xabar berishicha, madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe o'yin tugaganidan so'ng bosh hakamni haqorat qilgan bo'lishi mumkin.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Mbappe hakamdan uzoqlashayotib bir necha bor fransuz tilida “iflos ablah” degan so‘zlarni aytgan. Atrofdagilar fransuz tilini bilmaganliklari sababli uning so‘zlarini tushunmagan bo‘lishi mumkin.

Agar intizomiy qo‘mitasi bu hodisa yuzasidan tergov boshlasa, Mbappe jazoga tortilishi ehtimoldan xoli emas. Hozircha Kilian faqatgina hissiyotlarga berilib sariq kartochka olgan.

Hozirda "Real" Ispaniya La Ligasida peshqadamlik qilmoqda, "Barselona" esa bir ochko orqada.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe hakamni haqorat qilgan bo'lishi mumkin