date

Liam Delapning Chempionlar ligasidagi ilk goli


Chelsi hujumchisi Liam Delap Chempionlar ligasidagi ilk golini nishonladi. 22 yoshli futbolchi "Barselona"ga qarshi o‘tkazilgan uy uchrashuvida 73-daqiqada gol urib, jamoasi hisobidagi ustunlikni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Angliyalik futbolchining eng nufuzli Yevrokubokdagi ushbu debyut goli turnirdagi uchinchi o‘yinida yuzaga keldi. Avvalgi birinchi o‘yini 2022 yil boshida "Manchester Siti" safida bo‘lib o‘tgan edi.

Liam Delap joriy yilning iyun oyida "Ipsvich"dan "Chelsi"ga 35,5 million yevro evaziga transfer qilindi. Hozirgacha u Enso Mareska boshqaruvidagi jamoa uchun o‘tkazgan 14 o‘yinda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liam Delapning Chempionlar ligasidagi ilk goli