
Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Manchester Siti» o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Germaniyaning kuchli «Bayer» klubini qabul qildi va kutilmagan tarzda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu bellashuv nafaqat natija, balki jamoa o‘yini, rotatsiyalar va yakka tartibdagi harakatlar bilan ham ko‘pchilikda muhokama uyg‘otdi.
Mehmonlar safidagi gollar Alexandro Grimaldo va Patrik Shik hisobiga yozildi. Har ikki zarba ham jamoaning himoyadagi kamchiliklarini ochiq-oydin namoyon qildi.
Gvardiola yana Husanovga ishonch bildirdi
Ushbu uchrashuvda e’tiborni tortgan eng muhim jihatlardan biri — Xosep Gvardiolaning yana bir bor O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovga asosiy tarkibdan o‘rin bergani bo‘ldi. 21 yoshli futbolchi bu gal ham o‘zining harakatchanligi, hujumga qo‘shilishi va qanotda faolligi bilan ajralib turdi. U zahiraga olingunga qadar «Siti»ning eng ishonchli va barqaror o‘ynagan futbolchilaridan biri bo‘ldi.
«Siti» ustunlik qildi, ammo natija yoqimsiz yakunlandi
Har qancha hujumkor harakatlar amalga oshirilmasin, manchesterliklar bu safar gol urishga muvaffaq bo‘la olishmadi. To‘p nazorati, tezkorlik va vaziyatlar ko‘p yaratilgan bo‘lsa-da, ular amalda samara keltirmadi. «Bayer» esa o‘z imkoniyatlarini a’lo darajada ishlata oldi.
EsteemedKompany.com sayti o‘yinchilarni batafsil baholadi
Angliya futboli bilan shug‘ullanuvchi mashhur manba — esteemedkompany.com har bir futbolchining harakatlarini o‘z mezonlari asosida baholadi. Ularning fikriga ko‘ra:
- Jeyms Trafford — 5/10
Gollarni saqlab qololmadi, ba’zi vaziyatlarda ishonchsiz harakat qildi. Jon Stounzga bergan noaniq pasi jiddiy xato bo‘lishi mumkin edi.
- Abduqodir Husanov — 6/10
O‘yinni yaxshi boshladi, qanotdan hujumlarni qo‘llab-quvvatladi. Zaxiraga olinguniga qadar aynan u eng barqaror futbolchilardan biri sifatida qayd etildi.
- Jon Stounz — 6/10
To‘pni o‘ta aniq nazorat qildi, bir necha o‘tkir paslarni amalga oshirdi. Ammo himoyada zarur paytda to‘xtatib qolish bo‘lmadi.
- Natan Ake — 6/10
Himoyada ishonchli ko‘rindi, lekin Patrik Shik urgan ikkinchi golda undan ustun kelindi.
- Rayan Ayt-Nuri — 4/10
Birinchi taymda jiddiy qiynaldi. Hisob ochilgan vaziyatda noto‘g‘ri pozitsiya tanlagani ko‘rindi. Bir necha oy maydonga tushmagani sezildi.
- Riko Lyuis — 4/10
Yarim himoyada o‘yin ritmini topa olmadi, tanaffusda almashtirildi.
- Niko — 5/10
Markazni ushlab turishga harakat qildi, lekin raqiblar undan oson o‘tib ketishdi.
- Tijani Reynders — 5/10
Bir necha qulay vaziyat bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadi. Unga ishonchli o‘yin uchun gol kerak.
- Oskar Bobb — 4,5/10
Bir marta xavfli vaziyat yaratdi, biroq hal qiluvchi harakat qilolmadi.
- Savino — 4,5/10
Yaxshi lahzalarni ko‘rsatdi, lekin o‘yini barqaror emas. Tahlil qilish qiyin bo‘lgan futbolchilardan.
- Umar Marmush — 5/10
Juda mehnat qildi, biroq ta’sir ko‘rsata olmadi.
- Fil Foden — 6/10
Jamoa hujumini kuchaytirdi, ammo natijaga katta ta’sir qilmadi.
- Jeremi Dok-u — 6,5/10
Maydonga tushishi bilan chap qanotga jiddiy jonlanish olib kirdi. Eng xavfli futbolchilardan bo‘ldi.
- Niko O’Rayli — 6/10
Himoyada ishonchli, hujumda faol.
- Erling Xoland — 6/10
Jamoaga kuch qo‘shdi, bir necha vaziyatda gol urishi mumkin edi. Biroq to‘p darvozadan o‘rin topmadi.
- Rayan Cherki — 6/10
Hujumning so‘nggi qismida yangi xavfli vaziyatlarni yaratdi.
Keyingi raqib — Yevropaning giganti “Real Madrid”
«Manchester Siti» endi Chempionlar ligasining guruh bosqichidagi navbatdagi o‘yinni 10 dekabr kuni “Real Madrid”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Ispaniya poytaxtida bo‘lib o‘tadi va bu juda katta sinov bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.