date

Brant: 4:0 hisobdagi gʻalaba muhim edi

Brant: 4:0 hisobdagi gʻalaba muhim edi
Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi turida Dortmundning "Borussiya" jamoasi oʻz maydonida "Vilyarreal"ni 4:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu natija haqida nemis klubining yarim himoyachisi Yulian Brant oʻz fikrlarini bildirdi.

"Birinchi gol juda katta ahamiyatga ega boʻldi. Tanaffusdan keyin oʻyinni kuchaytirib, gol urishni boshladik.

Bunday oʻyinlarda murakkab lahzalar boʻladi, lekin bu futbolning bir qismi. Kuchli jamoalar ustidan gʻalaba qozonish oson emas", — dedi Brant UEFA matbuot xizmati orqali.

Mazkur gʻalabadan soʻng Nikko Kovach boshchiligidagi jamoa 10 ochko toʻplab, UEFA Chempionlar ligasi guruh jadvalida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Brant: 4:0 hisobdagi gʻalaba muhim edi