
Ronaldu va Messi nomi nafaqat "Real" va "Barselona" raqobati bilan bogʻliq, balki ular Ispaniyaning La Liga tarixida oltin sahifa ochgan buyuk futbolchilar sifatida ham tanilgan. Har bir "El-Klasiko" millionlab muxlislarni oʻziga jalb qilgan va bu oʻyinlarda Ronaldu yoki Messining moʻjizaviy harakatlari natijani hal qilardi.
Ikkala super yulduz futbolni tark etganidan soʻng, La Liga oʻzining yangi qahramonlarini kutayotgandi. Nihoyat, Lamine Yamal va Kilian Mbappe maydonga chiqishdi.
"Euro-Futbol.Ru" tahliliga koʻra, Yamal va Mbappe raqobati La Liga tarixida yangi davrni boshlab berishi mumkinmi? Nima uchun aynan Yamal va Mbappe Messi va Ronaldu raqobatining vorislari sifatida koʻrilmoqda?
Bu savolga aniq javob berish qiyin, ammo bugungi kunda ular La Liganing bosh yulduzlariga aylanishgan. Yamal — "Barselona"ning yosh isteʼdodi, Mbappe esa — "Real Madrid" tomonidan uzoq vaqtdan beri kutilgan futbolchi.
Mbappe oʻzining kuchli va tezkor oʻyin uslubi bilan Ronalduni eslatadi, Yamal esa ijodkorlik va oʻziga xosligi bilan Messini yodga soladi. Ushbu yangi raqobatning asosiy sahnasi, albatta, "El-Klasiko" boʻlib qolmoqda.
"Barselona" va "Real" oʻrtasidagi oʻyinlar har doim afsonaviy boʻlib kelgan. Shunday ekan, ushbu ikki futbolchi oʻrtasidagi raqobat ham "El-Klasiko" doirasida yirik voqeaga aylanishi ehtimoldan xoli emas.
Kelgusi besh-yetti yil ichida Yamal va Mbappe "Oltin toʻp" uchun asosiy daʼvogar boʻlishlari mumkin. Shu bilan birga, ular hozircha Messi va Ronaldu darajasiga yetmagan.
Messi va Ronaldu oʻz davrlarida koʻplab rekordlarni yangilab, yirik sovrinlarni qoʻlga kiritishgan va "Oltin toʻp"ni bir necha bor qoʻlga kiritishgan. Yamal va Mbappe uchun bu faqat boshlanish.
Ammo agar ular, masalan, Chempionlar Ligasi finalida "El-Klasiko"da toʻqnash kelsalar va oʻyinning taqdirini hal qilsalar, u holda yangi doston tezda afsonaga aylanishi mumkin.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.