Ronaldu Jotaning oilasiga sovgʻa yubordi

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi yozgi g‘alabasi sharafiga jamoadoshlariga sovg‘a tayyorlashga qaror qildi. Sic Noticias nashrining xabariga ko‘ra, Ronaldu Jacob & Co brendi bilan hamkorlikda har bir portugaliyalik futbolchi uchun shaxsiy soatlar ishlab chiqarishni so‘ragan.
Jahon chempionati – 2026 saralash bosqichi doirasidagi Armanistonga qarshi o‘yindan oldin Ronaldu ushbu soatlarni jamoadoshlariga yuborgan. Shuningdek, Krishtianu soatning bir nusxasini iyul oyining boshida avtohalokatda halok bo‘lgan Diogu Jotaning oilasiga ham yuborgan.

Ma’lum bo‘lishicha, soatlarning narxi 280 000 dollardan 400 000 dollargacha.
Eslatib o‘tamiz, Millatlar Ligasi finalida Portugaliya terma jamoasi Ispaniyani penaltilar seriyasida 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng mag‘lubiyatga uchratgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!