date

Chilvell Angliya terma jamoasiga qaytishni xohlamoqda


Himoyachi Ben Chilvell "Chelsi"da kerak bo'lmagach, kuz boshida "Strasburg" klubiga o'tdi. 28 yoshli futbolchi Angliya terma jamoasiga qaytish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

"Agar men "Chelsi" tarkibidan tushib ketganimdan keyin ham Jahon chempionatida ishtirok etganimda, bu ko'pchilik uchun eng katta javob bo'lardi. Bu men uchun motivatsiya.

"Chelsi" menga nisbatan ochiqchasiga muloqot qildi va men ulardan xafa emasman. Lekin men ko'pchilikning xato qilganini isbotlamoqchiman", - dedi Chilvell BBC nashriga.

Shuningdek, Chilvell Angliya terma jamoasining bosh murabbiyi Tomas Tuxel bilan aloqada bo'lganini ta'kidladi. "Biz u ishga kelganidan beri suhbatlashib turamiz.

To'g'ri ifodalashga harakat qilaman – menga qaytish ehtimoli mavjud ekani aytildi", - deya qo'shimcha qildi futbolchi. Eslatib o'tamiz, Ben Chilvell Angliya terma jamoasi safida so'nggi marta 2024 yil mart oyida maydonga tushgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chilvell Angliya terma jamoasiga qaytishni xohlamoqda