date

Estevao nima uchun "Barselona"ga o'tmagan?

Estevao nima uchun "Barselona"ga o'tmagan?
"Chelsi" o'yinchisi Estevaoning agenti Andre Kyuri futbolchining "Barselona" bilan bo'lgan muzokaralari haqida ma'lumot berdi. "Biz 2021, 2022, 2023 va 2024-yillarda Estevao bo'yicha "Barselona" bilan gaplashganmiz.

Men uning kelajakda jahon futbolida katta o'rin egallashiga ishonganim uchun futbolchini taklif qilish uchun ularning ofislariga tashrif buyurganman. Ammo "Barselona"ning moliyaviy holati beqaror bo'lgani uchun bitimni amalga oshirishning imkoni bo'lmadi.

Bu achinarli holat, ammo futbol shunday. "Barselona"ning texnik shtabi Estevaoni transfer qilishni doimo ma'qullagan, ammo moliyaviy cheklovlar sababli Deku bu borada hech narsa qila olmagan," - dedi Kyuri Cadena SER nashriga.

Eslatib o'tamiz, seshanba kuni Chempionlar Ligasi doirasida "Chelsi" "Barselona"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi va uchrashuvda Estevao gol muallifi bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Estevao nima uchun "Barselona"ga o'tmagan?