Mbappe: Biz Alonso bilan birgamiz

Mbappe: Biz Alonso bilan birgamiz

Mbappe: Biz Alonso bilan birgamiz
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoning isteʼfosi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. "Odamlar juda koʻp gapirishadi.

Biz murabbiyimizni qoʻllab-quvvatlashimiz kerak. Biz bir jamoa boʻlib oʻzimizni va murabbiyimizni, shuningdek, uning shtabini himoya qilishimiz lozim", — deydi Mbappening soʻzlarini jurnalist Fabrichio Romano keltiradi.

UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining beshinchi turida "Real" safarda Gretsiyaning "Olimpiakos" klubini 4:3 hisobida magʻlub etdi. Mazkur uchrashuvda Mbappe poker (toʻrtta gol) muallifi boʻldi.

30-noyabr kuni "Real" oʻzining navbatdagi uchrashuvini oʻtkazadi. Ispaniya La Ligasining 14-turi doirasida "Qirollik klubi" "Jirona"ga qarshi maydonga tushadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar