date

Mbappe 29-daqiqagacha xet-trik qayd etdi


Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe Pireyda o'tgan uchrashuvda mahalliy "Olimpiakos" darvozasiga to'rtta gol urib, yorqin o'yin namoyish etdi. Uchrashuvning dastlabki 29 daqiqasida esa u xet-trik qayd etishga muvaffaq bo'ldi.

Chempionlar ligasi tarixida Mbappedan oldin faqat ikki futbolchi bunday tezlikda xet-trikka erishgan. 1996 yilda Italiya "Milan"ining sobiq hujumchisi Marko Simone Norvegiya "Rusenborg" jamoasiga 24-daqiqagacha uchta gol urgan edi.

Keyingi rekord esa yaqinda, 2022 yil mart oyida qayd etilgan. "Bavariya" safida o'zining so'nggi mavsumini o'tkazgan Robert Levandovski "RB Zaltsburg" darvozasiga atigi 23 daqiqada uchta gol kiritgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe 29-daqiqagacha xet-trik qayd etdi