date

Kroos: Ronaldu yoki Vinisius, kim yaxshiroq?


Sobiq "Real" futbolchisi Toni Kroosdan jamoaning hozirgi yulduzi Vinisius Junior va sobiq yetakchisi Krishtianu Ronaldu orasida kim yaxshiroq ekanligi haqida soʻrashdi. Kutilganidek, germaniyalik futbolchi tanlovini portugaliyalik yulduz foydasiga amalga oshirdi.

"Hatto Vinisius ham Krishtianuni tanlagan boʻlardi," - dedi Kroos, bu soʻzlar Tportal tomonidan keltirilgan. Maʼlumot uchun, Krishtianu Ronaldu besh karra "Oltin toʻp" sohibi hisoblanadi.

U 2009-2018 yillar davomida "Real" safida oʻynagan va toʻqqiz mavsumda 438 uchrashuvda maydonga tushib, 450 ta gol urgan hamda 131 ta golli uzatma bergan. Hozir esa Krishtianu Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" jamoasida faoliyat olib bormoqda.

"Real"ning navbatdagi oʻyini 30-noyabr kuni "Jirona"ga qarshi La Ligada boʻlib oʻtadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kroos: Ronaldu yoki Vinisius, kim yaxshiroq?