date

Marselo Ronaldu va Vinisiusni solishtirdi


Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Marselo Vinisius Junior va Krishtianu Ronaldu o'rtasida tanlov qilish so'ralganda, u vatandoshi Vinisiusni yuqori baholagan bo'lsa-da, yakunda portugaliyalik yulduzga ustunlik berdi. "Vinisius ajoyib, lekin Krishtianu o'zining eng yaxshi davrida butunlay boshqa darajada edi.

Ularni taqqoslash qiyin. Krishtianu hammadan ustun", - deb ta'kidladi Marselo Tportalga bergan intervyusida.

Krishtianu Ronaldu 2009-2018 yillarda "Real" safida to'p surgan. Bu vaqt davomida portugaliyalik futbolchi 438 ta o'yinda 450 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni "Real" safarda "Olimpiakos"ni 4:3 hisobida mag'lub etdi. Ushbu o'yinda Kilian Mbappe poker qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselo Ronaldu va Vinisiusni solishtirdi