Mbappe va Kukurelya Chempionlar ligasi haftalik jamoasida

Mbappe va Kukurelya Chempionlar ligasi haftalik jamoasida
Yaqinda Chempionlar ligasi umumiy bosqichining beshinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Natijalar asosida UEFA haftaning eng yaxshi 11 futbolchisidan iborat ramziy jamoani eʼlon qildi.

Ushbu ramziy jamoa quyidagicha shakllandi: Flekken ("Bayer"), Xalili ("Union"), Ximenes ("Atletiko"), Skhauten (PSV), Kukurelya ("Chelsi"), Rays ("Arsenal"), Vitinya ("PSJ"), de Ketelare ("Atalanta"), Robert ("Kopengagen"), Obameyang ("Marsel"), Mbappe ("Real"). Eslatib o‘tamiz, haftaning eng yaxshi futbolchisi deb Kilian Mbappe tan olindi.

U "Olimpiakos"ga qarshi o‘yinda poker qayd etdi. Besh turdan so‘ng Chempionlar ligasi peshqadami 15 ochko to‘plagan "Arsenal" hisoblanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar