
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim klub egalari bilan ziddiyatga yuz tutishi mumkin. Indykaila News xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis yanvar oyida "elit" yarim himoyachini sotib olish talabini qoʻygan.
Biroq klub egalari kattaroq mablagʻ sarflashdan bosh tortmoqda, chunki ular tez orada murabbiy bilan xayrlashishga majbur boʻlishlari mumkinligini hisobga olishmoqda. Manbaga koʻra, tomonlar oʻrtasidagi ziddiyat kuchaymoqda va rahbariyatning yarim himoyachini olib kelishdan bosh tortishi Amorimning jamoani tark etish ehtimolini yanada oshiradi.
Ruben Amorim oʻtgan yilning noyabr oyida bosh murabbiy lavozimini egallagan edi. Hozirda jamoa Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida oʻninchi oʻrinda bormoqda, ammo toʻrtinchi oʻrindagi "Aston Villa" bilan farq atigi uch ochkoni tashkil qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.