Xabi Alonso: "Real"dagi atmosfera barqaror

Xabi Alonso: "Real"dagi atmosfera barqaror
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa ichidagi vaziyat haqida gapirdi. Jamoa atrofida turli mish-mishlar tarqalganiga qaramay, murabbiy Alonso jamoada hech qanday taranglik yo'qligini ta'kidladi.

"Men har doim jamoaning birligini his qilaman. Hamma bizning maqsadimizni yaxshi tushunadi – mavsum oxirigacha barcha musobaqalarda g'alaba qozonish uchun imkoniyat saqlab qolish.

Biz kundalik ishimizda yaxshi o'zaro tushunishga egamiz. Yaxshi damlarda ham, unchalik yaxshi bo'lmagan damlarda ham birgamiz.

Atrofdagi shov-shuvlar va gap-so'zlarga qaramasdan, ichki muhitimiz juda barqaror", – dedi Alonso. Madridliklar La Ligadagi navbatdagi o'yinini kuzning so'nggi kuni "Jirona" klubiga qarshi safarda o'tkazadilar.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar