date

Mbappe 2025-yilda yilning eng samarali to‘purarlari qatoriga kirdi

Mbappe 2025-yilda yilning eng samarali to‘purarlari qatoriga kirdi

2025-yil futbol olami uchun rekordlar va yuksak natijalarga boy bo‘ldi. Mashhur statistik manbalar keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe joriy yilda 60 ta gol urishga muvaffaq bo‘lib, 21-asrning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatiga kirdi.

Ro‘yxatda hali-hanuz Lionel Messining 2012-yilda qayd etgan 91 gollik mutlaq rekordi birinchilikni egallab turibdi. Undan keyingi o‘rinlarda Krishtianu Ronalduning 2013 va 2014-yillardagi 69 hamda 63 gollik natijalari, shuningdek, Robert Levandovskinining 2021-yilda erishgan 69 goli qayd etilgan. Ronalduning 2012-yilda urgan 61 goli ham eng yuqori ko‘rsatkichlar qatoridan joy olgan.

Mbappening 60 gollik ko‘rsatkichi uni hozirgi top futbolchilar orasida eng samarali hujumchilardan biriga aylantirmoqda. Uning “Real Madrid”dagi o‘yinidagi barqarorlik, yuqori tezlik va gol sezish qobiliyati ushbu natijaga erishishda muhim omil bo‘ldi.

Ushbu ko‘rsatkich Fransiya terma jamoasi yetakchisining faoliyatida yana bir muhim bosqich bo‘ldi. Mutaxassislar Mbappening yaqin yillarda Messi va Ronalduning tarixiy rekordlariga jiddiy raqobat qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe 2025-yilda yilning eng samarali to‘purarlari qatoriga kirdi