
"Real" Ispaniya chempionatidagi so'nggi uchta o'yinda durang o'ynadi va bu natijalar jamoani peshqadamlikdan mosuvo qildi, natijada "Barselona" birinchi o'ringa chiqdi. Shu bois, Xabi Alonsoning kelajagi xavf ostida ekanligi haqida gap-so'zlar paydo bo'ldi.
Dushanba kuni The Athletic nashri "Real" klubidagi vaziyatga bag'ishlangan maqola e'lon qildi. Mazkur maqolada jamoa ichida fikrlar bir xilda emasligi aytilgan, biroq bu hali futbolchilar o'rtasidagi munosabatlarni buzmagan.
Jamoada Alonsoning uslublariga shubha qilayotganlar ham, uning aybsiz ekanligiga ishonganlar ham bor. "Real"dagi manbalar va murabbiylar shtabi vaziyatni o'zgartirish oson bo'lmasligini tan olishmoqda.
Jamoaning yaqin kelajakdagi o'yinlari, xususan, "Atletik"ga qarshi uchrashuv, Alonsoning kelajagini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoaga yaqin bo'lgan manbalar Alonsoning taktik ko'rsatmalari futbolchilarga yetib bormayotganini ta'kidlashmoqda.
Shu bilan birga, muammolar murabbiy faoliyatidan tashqariga chiqayotgani aytilmoqda. Bir anonim manba ta'kidlashicha, "Muammo Xabida emas.
Mbappe, Vinisius va Bellingem bir-biriga mos kelmaydi — ular bilan muvozanatli jamoa tuzish qiyin." Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni "Real" "Jirona" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.