
Manchester Siti hujumchisi Erling Haaland Fulhem bilan oʻyinda (5:4) oʻz oʻyinidan toʻliq qoniqmaganini tan oldi. Norvegiyalik futbolchining "dachniklar" darvozasiga urgan goli uning faoliyatidagi 100-gol boʻldi.
Haaland bu natijaga rekord darajadagi 111 oʻyinda erishdi. Shuningdek, "shaharliklar" yulduzi jamoasiga ikki golli pas ham taqdim etdi.
"Men gollar urishni yomon uddalayotganim yoʻq, lekin bugun xet-trik qayd etishim kerak edi. Bir nechta imkoniyatni qoʻldan boy berdim, shuning uchun oʻz ustimda yana koʻproq ishlashim kerak", – deydi Haaland City Xtra nashriga bergan intervyusida.
25 yoshli futbolchi Premier Liga 2025/26 mavsumida allaqachon 15 ta gol urib, toʻpurarlik poygasi yetakchisi boʻlib turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.