Kroos: "Real" gʻalaba qozonishini xohlayman

Madridning "Real" jamoasining sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos jamoaning hozirgi tarkibi haqidagi fikrlarini bildirdi. "Biz doim oldingi tarkib haqida gapirishimiz kerak emas, chunki bu hech kimga yordam bermaydi.
Jamoa boshqa turdagi futbolchilar bilan gʻalaba qozonish yoʻlini topishi kerak. Men eng koʻp xohlaydigan narsa — bu "Real"ning gʻalaba qozonishi", — dedi germaniyalik futbolchi Marca nashriga bergan intervyusida.
Madridning "Real" klubi Ispaniya La Ligasida 14 turdan soʻng jadvalning ikkinchi pogʻonasini egallab turibdi. Jamoaning hisobida 33 ochko bor.
Bugun, 3 dekabr kuni, Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa Ispaniya chempionatining 15-turida Bilbao shahrida "Atletik" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing