Alonso: "Durang seriyasini toʻxtatmoqchi edik"

Alonso: "Durang seriyasini toʻxtatmoqchi edik"
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso Ispaniya chempionatining 19-turida "Atletik" ustidan qozonilgan ishonchli gʻalabani izohladi. "Bu 'Real' uchun muhim oʻyin edi.

Biz duranglar seriyasini toʻxtatmoqchi edik. Yaxshi futbol koʻrsatdik va ehtimol, bu bizning eng koʻp qirrali oʻyinimiz boʻldi.

Ammo ishimizni davom ettirishimiz kerak", — dedi Alonso matbuot anjumanida. Uchrashuvda "Real" "Atletik"ni 3:0 hisobida magʻlub etdi.

Gollarni Eduardo Kamavinga va Kilian Mbappe (dubl) kiritishdi. Hozirda "Real" 14 ta oʻyindan keyin 36 ochko jamgʻarib, Ispaniya La Ligasida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar