
Kilian Mbappe dubl qayd etib, Madridning "Real" jamoasiga "Atletik Bilbao" ustidan 3:0 hisobida yirik gʻalabaga erishishda yordam berdi. Fransiyalik futbolchi La Liganing chorshanba kuni boʻlib oʻtgan oʻyinida 7-daqiqada va 59-daqiqada gol urdi.
26 yoshli hujumchi 2025-yilda "Qirollik klubi" safida allaqachon 56 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Madrid Xtra nashrining xabariga koʻra, "Real" tarixida bir kalendar yilida faqat Krishtianu Ronaldu koʻproq gol urgan — 2012-yilda 58 ta va 2013-yilda 59 ta.
Mbappening esa bu rekordga yetib olish yoki undan oshib oʻtish uchun oldinda yana toʻrtta oʻyin bor. Jamoa navbatdagi uchrashuvni 7-dekabr, yakshanba kuni Xabi Alonso boshchiligida oʻz maydonida "Selta"ga qarshi oʻtkazadi.
Bu La Liganing 16-tur uchrashuvi boʻladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.