Vinisius "Real"ning yirik gʻalabasini baholadi

Vinisius "Real"ning yirik gʻalabasini baholadi

Vinisius "Real"ning yirik gʻalabasini baholadi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior La Liga doirasida "Atletik" Bilbao jamoasi ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi gʻalabadan soʻng oʻz munosabatini bildirdi. Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa ushbu gʻalabani Kilian Mbappe tomonidan kiritilgan dubl va Eduardo Kamavinganing goli orqali qoʻlga kiritdi.

"Bu – "Madrid". Gollar qaytmoqda.

Endi yakshanba kuni uyda uchrashamiz. Hala Madrid", – deya oʻz fikrlarini bildirdi braziliyalik futbolchi, u uchrashuvda 78-daqiqagacha maydonda harakat qilgan edi.

"Real" safarda ketma-ket olti oʻyinda maydonga tushdi. 7-dekabr kuni "qirollik klubi" "Santyago Bernabeu" stadioniga qaytib, "Selta" jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Joriy Ispaniya chempionatida Vinisius hisobida beshta gol va toʻrtta golli uzatma mavjud.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar