date

Xabi Alonso Mbappening o‘yiniga baho berdi


Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso "Atletik"ga qarshi o‘yinda hujumchi Kilian Mbappening harakatlarini yuqori baholadi. Ispaniya La Ligasining 19-tur uchrashuvida "qirollik klubi" 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

Mbappe dubl qayd etib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. "Kilian juda yaxshi o‘ynadi.

Uning Vinisius bilan o‘zaro harakati, gollari va samarali uzatmalari menga manzur bo‘ldi. Bu o‘yinda har bir narsa menga yoqdi", - dedi Alonso jurnalistlarga.

Joriy mavsumda Mbappe barcha musobaqalar doirasida 20 ta uchrashuvda ishtirok etib, 25 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qildi. 7-dekabr kuni Madridning "Real" klubi o‘z maydonida "Selta"ni qabul qiladi.

Mbappe mavsumda 25 ta gol urgan top-ligalar orasidagi birinchi futbolchi bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso Mbappening o‘yiniga baho berdi