date

Mbappe 25 gol urgan birinchi futbolchi bo'ldi


Ispaniya La Ligasining 19-turidan ko‘chirilgan uchrashuvda "Real Madrid" safarda "Atletik"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu o‘yinda "Real" hujumchisi Kilian Mbappe dubl qayd etdi.

Yana bir golni Eduardo Kamavinga urdi. Qayd etish joizki, Kamavinga o‘z golini Mbappening uzatmasidan so‘ng kiritdi.

Joriy mavsumda 26 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 25 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Squawka" maʼlumotlariga ko‘ra, Mbappe Evropa top-5 chempionatlari orasida bunday natijaga erishgan birinchi futbolchi hisoblanadi.

Bunga unga atigi 20 o‘yin kifoya qildi. "Real Madrid" navbatdagi o‘yinini 7-dekabr kuni "Selta"ga qarshi o‘tkazadi.

Ushbu bahs La Liganing 15-tur doirasida bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe 25 gol urgan birinchi futbolchi bo'ldi