
Madridning "Real" jamoasi La Liga doirasidagi "Selta"ga qarshi o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan tashqari, bir qancha futbolchilarini yo‘qotdi. Eder Militao birinchi bo‘limdayoq jarohat oldi, tanaffusdan keyin esa Frans Garsiya va Alvaro Karrreras qizil kartochka olib maydondan chetlatildi.
Shunday qilib, "Real" himoya chizig‘ida jiddiy kadrlar muammosiga duch keldi. The Touchline nashri xabariga ko‘ra, jamoaning sakkiz nafar himoyachisi "Alaves"ga qarshi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Yuqorida tilga olingan uch nafar futbolchidan tashqari, Din Xoysen, Trent Aleksandr-Arnold, Dani Karvaxal, David Alaba va Ferlan Mendi ham maydonga tusha olmaydi. "Real Madrid"ning La Ligadagi "Alaves" bilan o‘yini 14-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Bunga qadar, ya’ni 10-dekabr kuni Xabi Alonso shogirdlari Chempionlar Ligasi doirasida "Manchester Siti"ni o‘z maydonida qabul qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.