date

Xabi Alonso hakam qarorlariga qattiq e’tiroz bildirdi

Xabi Alonso hakam qarorlariga qattiq e’tiroz bildirdi

La Liganing 15-turi doirasida «Real» o‘z maydonida «Selta»ni qabul qildi va kutilmagan mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdan so‘ng madridliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso hakamlar faoliyati haqida qattiq noroziligini bildirib o‘tdi.

Alonsoning ta’kidlashicha, bahs davomida bosh hakam bir necha muhim vaziyatlarga e’tibor qaratmagan va o‘yin tartibini to‘g‘ri boshqarmagan.

«Hakamning bir qator qarorlari mutlaqo ko‘nglimga yoqmadi. Ayniqsa, vaqtni cho‘zish holatlariga umuman reaksiya qilmagani meni hayron qoldirdi. U o‘yin tempini nazorat qila olmadi, ba’zi vaziyatlarda esa juda ehtiyotsiz yo‘l tutdi.

Karrerasning maydondan chetlatilishi ham juda bahsli — bu qaror jamoamizning ritmiga jiddiy ta’sir qildi. Ochig‘i, bugungi hakamlik sifati kutganimdan ancha past bo‘ldi», — dedi murabbiy.

Musobaqa davomida «Real» tarkibida vaziyat yanada qiyinlashdi: ikkinchi taym boshlanishi bilan Fran Garsiya bir daqiqa ichida ketma-ket ikki ogohlantirish olib, maydonni tark etdi. Ortidan esa Alvaro Karreras tortishuv paytida olgan sariq va qizil kartochkalari bilan jamoani yanada kamaytirdi.

Shu tariqa, madridliklar o‘ziga xos murakkab kechgan o‘yinda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va turda ochko yo‘qotishga majbur bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso hakam qarorlariga qattiq e’tiroz bildirdi