
Real Madrid himoyachisi Eder Militao La Liga doirasida Celta jamoasiga qarshi oʻtgan yakshanba kungi uy uchrashuvida jarohat oldi. Ertasi kuni madridliklar braziliyalik futbolchining ahvoli haqida rasmiy bayonot berdi.
Klubning maʼlum qilishicha, Militaoning chap oyogʻidagi sonning ikki boshli mushak paylarida yirtilish aniqlangan. Ushbu jarohat uning proksimal (songa yaqin) mushak paylarini ham qamrab olgan.
27 yoshli futbolchining tiklanish muddati hozircha ochiqlanmagan. Mazkur uchrashuvda "Real" Celta jamoasiga 0:2 hisobida yutqazdi.
Bu magʻlubiyat natijasida madridliklar La Ligadagi yetakchi "Barselona"dan 4 ochkoga ortda qolmoqda. Real Madrid navbatdagi uchrashuvini 10-dekabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida Manchester Cityga qarshi oʻtkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.