
Madridning "Real" klubi himoyachisi Alvaro Karreras yakshanba kuni La Liga doirasida "Selta"ga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida qizil kartochka oldi. 22 yoshli ispaniyalik futbolchi 92-daqiqada hakamga nisbatan keskin norozilik bildirgani uchun maydondan chetlatildi.
Tiempo de Juego nashrining xabariga ko‘ra, Karreras hakamga "Sen dahshatlisan" degan so‘zlarni aytgan va bu hakamning sabr kosasini to‘ldirgan. Endi futbolchini hakamga hurmatsizlik qilgani uchun ikki o‘yinga diskvalifikatsiya jazosi kutmoqda.
Karreras maydondan chetlatilguniga qadar "Qirollik klubi" allaqachon 10 kishi bilan o‘ynayotgan edi, chunki uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Frangarsiya ikkita ogohlantirish olgan edi. O‘yinning 93-daqiqasida "Selta" ikkinchi golni urib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.