
Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrik yakshanba kuni "Selta"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasdan qizil kartochka oldi. Uchrashuv 0:2 hisobida "Real"ning mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
64-daqiqada Frang Garciya, 92-daqiqada esa Alvaro Karresas qizil kartochka oldi. Zaxira o‘rindig‘ida ham vaziyat tinch bo‘lmadi.
Madrid Universal xabariga ko‘ra, Endrik texnik zonani tark etib, zaxira hakamiga baqirgan. Uni tinchlantirish uchun murabbiylar shtabi xodimlari aralashishga majbur bo‘lishdi.
Shu sababli, 91-daqiqada braziliyalik futbolchi qizil kartochka bilan jazolandi. Joriy mavsumda Endrik faqat bitta uchrashuvda ishtirok etgan.
Yaqin vaqt ichida, ehtimol, futbolchi "Lion" klubiga ijaraga yuboriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.