
Madridning "Real" jamoasi La Liga 16-turida "Santyago Bernabeu" stadionida "Selta"ga qarshi maydonga tushib, 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Har ikki gol muallifi "Selta" futbolchisi Villiot Svedberg bo'ldi.
"Hodisalardan juda xafa bo'ldim. Biz o'zimizni qo'lga olishimiz kerak.
Bu shikoyat qilish vaqti emas, to'g'ri xulosalar chiqarishimiz zarur," — deb yozdi Tibo Kurtua o'yindan so'ng o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Belgiyalik darvozabon "Real" darvozasiga yo'naltirilgan 5 zarbaning uchtasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
O'yinning 64-daqiqasida "Real" futbolchisi Fran Garsiya maydondan chetlatilgach, madridliklar bir o'yinchi kam bo'lib qoldi. Shuningdek, 92-daqiqada Alvaro Karreiras ham qizil kartochka oldi va maydonni tark etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.