Real Madrid o‘z maydonida Selta bilan mag‘lub bo‘ldi

Yakshanba kuni Madridning "Real" jamoasi La Liga doirasida o‘z maydonida "Selta"ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida mezbon jamoa futbolchilarining asablari chiday olmadi: 66-daqiqada ikki sariq kartochka olib, Fransisko Garsiya maydondan chetlatildi.
Qo‘shib berilgan vaqtda esa hakam bilan bahslashgani uchun Alvaro Karreras ham qizil kartochka oldi. "Gazeta.ru" jurnalisti Xose Padilyaning xabariga ko‘ra, o‘yin tugagach, Jahon chempionati ishtirokchisi Jud Bellingem hakamlarga norozilik bildirgan.
Uning asabini tinchlantirish esa jamoadoshi Vinisius Junior zimmasiga tushdi. "Real Madrid" 16 turdan so‘ng "Barselona"dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing