date

Marselo Vinisius Juniorga muhim maslahat berdi

Marselo Vinisius Juniorga muhim maslahat berdi
Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Marselo madridlik "Real" safida to‘p surayotgan vatandoshi Vinisius Juniorga muhim maslahat berdi. "Agar sen "Real"da o‘ynayotgan bo‘lsang, har doim diqqat markazida bo‘lasan.

Bu doim shunday bo‘lgan. Vinisiusning holati biroz murakkabroq...

Bu muammo o‘z-o‘zingda. U jim bo‘lishi va mashg‘ulotlarga e’tibor qaratishi kerak.

Gollar urib, boshqalarga o‘z haqingda gapirish imkonini ber. Tinchlikni saqlash muhim", – dedi Marselo Yahoo Sports nashriga.

Vinisius Junior 2018-yil yozidan beri "Qirollik klubi" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning shartnomasi 2027-yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi, bozor qiymati esa 150 million yevro deb baholangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselo Vinisius Juniorga muhim maslahat berdi