date

“Real” va “Siti” superjangi oldidan tarkiblar e’lon qilindi

“Real” va “Siti” superjangi oldidan tarkiblar e’lon qilindi

UEFA Chempionlar ligasining 6-turida futbol olami inttiqlik bilan kutgan o‘ta nufuzli to‘qnashuv — Xabi Alonso qo‘l ostidagi “Real Madrid” hamda Xosep Gvardiola boshqarayotgan “Manchester Siti” o‘rtasidagi jang kechasi start oladi. Madriddagi ushbu bellashuv ayni damda ikki jamoaning mavsumdagi eng muhim o‘yinlaridan biri sifatida baholanmoqda.

Qiziqish yuqori, talab katta — ikki klub ham bosqichidagi maqsadini aniq belgilab olgan. “Real” o‘z uyida muxlislar qo‘llovi bilan kuchli o‘yin ko‘rsatishga intilsa, “Siti” favorit sifatida maydonga tushsa-da, “Santyago Bernabeu”da oson bo‘lmasligini yaxshi tushunadi.

“Real Madrid” boshlang‘ich tarkibi:

Kurtua, Valverde, Asensio, Ryudiger, Karreras, Chuameni, Sebalos, Bellingem, Rodrigo, Gonsalo, Vinisius Junior.

Zaxirada: Lunin, Fran Gonsales, Endrik, Mbappe, Arda Gyuler, Fran Garsiya, Brahim, Sestero, Mastantuono, Joan Martines, Valdepenyas.

“Manchester Siti” boshlang‘ich tarkibi:

Donnarumma, Nunesh, Diash, Gvardiol, O‘rayli, Bernardo (k), Foden, Niko, Cherki, Xoland, Dok-u.

Zaxirada: Trafford, Bettinelli, Lyuis, Husanov, Ake, Ait Nuri, Reyynders, Bobb, Savino, Mormush.

Har ikki jamoa ham eng kuchli tarkibini maydonga tushiradi. Vinisius va Rodrigo yetakchiligidagi “Real” hujumiga qarshi Foden, Dok-u va Xoland uchligi javob beradi. Markazdagi duellar, ayniqsa Bellingem — Bernardo va Chuameni — Foden qarama-qarshiliklari o‘yin taqdiriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ushbu superuchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. Muxlislar kutgan “titulli to‘qnashuv” yana bir bor futbol jozibasini namoyon etishi shubhasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Real” va “Siti” superjangi oldidan tarkiblar e’lon qilindi