Real himoyachisi bir kunda ikki diskvalifikatsiya oldi

Real himoyachisi bir kunda ikki diskvalifikatsiya oldi
Chorshanba kuni «Real» himoyachisi Alvaro Karreras La Ligada ikki o‘yinlik diskvalifikatsiya olgani haqida xabar berildi. Karreras «Selta»ga qarshi o‘yinning oxirida hakamga nisbatan aytgan so‘zlari tufayli maydondan chetlatilgan edi.

La Ligadagi diskvalifikatsiyadan tashqari, Alvaro Karreras Chempionlar Ligasida ham diskvalifikatsiya olgan. Himoyachi «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda sariq kartochka olgan va endi ogohlantirishlar limiti sababli keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Karreras 20 yanvar kuni Chempionlar Ligasi guruh bosqichining yettinchi turida «Monako»ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi, biroq 28 yanvar kuni o‘zining sobiq jamoasi «Benfika»ga qarshi maydonga tushishi mumkin. «Real» o‘z maydonida «Manchester Siti»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar