
Yevropa Chempionlar ligasida 6-tur bahslari nihoyasiga yetdi va muxlislar yana bir marotaba hayajon, kutilmagan burilishlar hamda aniq intrigaga to‘la kechani tomosha qilishdi. Turning eng katta sensatsiyasi — albatta Madridda ro‘y berdi.
“Real” kutilmagan mag‘lubiyatga uchradi
Santyago Bernabeu maydonida “Manchester Siti” mehmon sifatida maydonga chiqib, 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Ispaniyaliklar taym boshida Rodrigo orqali hisobni ochishgan bo‘lsa-da, Pep Gvardiola shogirdlari javobni uzoq kuttirmadi.
35-daqiqada O’Rayli, 43-daqiqada esa Erling Holand penaltidan aniq zarba berish orqali vaziyatni tubdan o‘zgartirdi. “Real” ikkinchi bo‘limda bir necha xavfli hujum uyushtirgani bilan, hisobni tenglashtira olmadi.
Real — Manchester Siti 1:2
Gollar: Rodrigo 28 – O’Rayli 35, Holand 43 pen.
Real – Kurtua, Asensio (Endrik, 79), Ryudiger, Karreras, Chuameni, Valverde, Bellinghem, Seballos (Dias, 67), Rodrigo, Gonsalo (Guler, 58), Vinisius.
Manchester Siti – Donnarumma, Nunes, Diash, Gvardiol, O’Rayli, Gonsales, Sherki (Savino, 70), Foden (Reynders, 70), Silva, Holand (Marmush, 70), Dok-u (Ake, 88).
Ogohlantirishlar: Ryudiger 43,Rodrigo 87, Karreras 88 – Foden 11, O’Rayli 76, Gvardiola 82, Silva 90.
“PSJ” va “Atletik” dueli – golsiz, ammo keskin
Ispaniyada kechgan “Atletik” — “PSJ” bahsi golsiz yakunlandi. Har ikki jamoa bir necha marotaba vaziyat yaratishga urindi, ammo aniqlik yetishmadi. Fransiya klubi yarim mudofaada ishonchli o‘yin ko‘rsatdi, ammo hujumda yetarlicha kuchli finishni namoyish qila olmadi.
Atletik — PSJ 0:0
Atletik – Simon, Vivian, Berenger, Sanset, Niko Uilyams, Guruseta (Gomes, 62), Areso (Gorosabel, 73), de Galarreta (Vesga, 78), Berchiche, Xauregisar (Rego, 73), Boyro.
PSJ – Safonov, Zair-Emeri, Markinos (Zabarniy, 46), Pacho, Mendesh, Vitinya, Nevesh, Ruis, Mayulu (Due, 62), Barkolya (Ramush, 78), Kvaratsxeliya.
Ogohlantirishlar: Hauregisar 27, Berenguer 48, Gomes 90+3 – Zair-Emeri 30.
“Arsenal” kuchini namoyish qildi — “Bryugge”ga yirik hisob
Londonning “Arsenal”i butunlay hukmronlik qilgan o‘yinda “Bryugge” darvozasini 0:3 hisobida ishg‘ol qildi. Madueke hayratomuz dubl qayd etib, jamoasiga muhim ochkolarni ta’minladi. Martinelli esa bellashuvni o‘z goli bilan mustahkamladi.
Bryugge — Arsenal 0:3
Gollar: Madueke 25, 47, Martinelli 56
Bryugge — Minole, Seys (Sabbe, 74), Sike, Ordones, Mexele, Stankovich, Onedika (Vetlesen, 74), Forbs (Dyakon, 83), Vanaken, Tzolis, Tresoldi (Furo, 67).
Arsenal – Rayya, Uayt (Salmon, 83), Norgard, Inkapiye (Kalafiori, 63), Lyuis-Skelli, Subimendi, Merino, Edegor (Nvaneri, 72), Madueke (Saka, 71), Martinelli, Gokeresh (Jezus, 62).
Ogohlantirishlar: Norgard 65, Uayt 68.
“Yuventus” ishonchli g‘alaba bilan pley-offga yaqinlashdi
Turinda o‘tgan bahsda Italiya giganti kiprlik “Pafos”ni 2:0 hisobida yengdi. Makkenni va Devidning aniq zarbalari “Yuve”ni raqibdan ustun qo‘ydi. Jamoa himoyada ham mustahkam va intizomli o‘yin ko‘rsatdi.
Yuventus — Pafos 2:0
Gollar: Makkenni 67, Devid 73
Yuventus – Di Gregorio, Kalulu, Kelli, Kopmeyners, Lokatelli (Openda, 60), Miretti (Tyuram, 74), Kambyazo, Makkenni, Jegrova (Konseysau, 46), Yildiz (Kabal, 84), Devid (Adzich, 74).
Pafos – Mixail, David Luiz, Lyukkassen, Goldar (Pileas, 78), Brunu, Shunich, Pepe, Orshich (Jaja, 78), Korreyra (Langa, 89), Dragomir, Anderson Silva (Kina, 62).
Ogohlantirishlar: Lokatelli 55 - Shunich 45.
“Benfika” o‘z maydonida “Napoli”ni tiz cho‘ktirdi
Portugaliyadagi qarama-qarshilikda “Benfika” javobsiz ikki gol urdi. Rios va Barreyruning aniq zarbalari “Napoli”ni shok holatda qoldirdi. Mehmonlar bir necha imkoniyatga ega bo‘lishdi, biroq ulardan foydalana olmadilar.
Benfika — Napoli 2:0
Gollar: Rios 20, Barreyru 49
Benfika — Trubin, Dedich, Arauxo, Otamendi, Dal, Rios, Barrenechea, Eursnes (Fraytes, 90+4), Barreyru (Net-u, 90+5), Sudakov (Silva, 76), Ivanovich (Pavlidis, 76).
Napoli – Milinkovich-Savich, Di Lorenso, Buonjorno (Juan Jezus, 59), Bekema (Politano, 46), Rahmani, Oliveyra (Spinatssola, 46), Maktominey, Elmaz (Vergara, 81), Neres, Lang (Lukka, 74), Hoylund.
Ogohlantirishlar: Dedich 78 - Lang 52, Vergara 87.
“Bayer” — “Nyukasl” duelida triller
Shu turdagi eng dramatik bahs — Leverkuzenda kechgan 2:2 hisobidagi o‘yin bo‘ldi. Angliyaliklar penalti va Mileyning goli orqali hisobni o‘z tomoniga olgandi, ammo 88-daqiqada Grimaldo Germaniya klubini mag‘lubiyatdang qutqardi. Oxirgi daqiqalardagi bosim o‘yinga yana rang bag‘ishladi.
Bayer — Nyukasl 2:2
Gollar: Gimaraes 13 avtogol, Grimaldo 88 – Gordon 51 pen, Miley 74
Bayer – Flekken, Kuansa, Andrix, Tilman (Echeverri, 85), Tapsoba, Artur (Bade, 90), Shik (Kofane, 46), Pok-u (Tella, 71), Grimaldo, Garsiya, Maza.
Nyukasl – Ramsdeyl, Holl, Bern, Tshau, Livramento, Joelinton (Miley, 60), Tonali, Gordon (Remzi, 90+3), Barns (Merfi, 78), Gimaraes, Voltemade (Vissa, 90+3).
Ogohlantirishlar: Pok-u 47, Garsiya 50 - Tshau 21, Ramsdeyl 82.
Dortmundda — yana durang, yana jangovar ruh
“Borussiya Dortmund” Norvegiyaning “Budyo Glimt” klubiga qarshi 2:2 hisobida o‘yinni yakunladi. Brandtning dubli nemislarga g‘alaba berish uchun yetarli bo‘lmadi — raqib tomonidan Aleesami va Xauge turli paytlarda javob qaytarib, bir ochkoni saqlab qolishdi.
Borussiya D — Budyo Glimt 2:2
Gollar: Brandt 18, 51 – Aleesami 42, Xauge 75
Borussiya D – Kobel, Kouto (Riyerson, 76), Anton (Svensson, 33), Shlotterbek, Bensebaini, Bellinghem, Nmecha, Brandt, Bayer (Adeyemi, 67), Silva (Girassi, 67), Anselimo (Jan, 76).
Budyo Glimt – Xaykin, Sevold, Bertuft, Berkan, Even, Aleesami, Berg, Fet, Blomberg, Xeg, Xauge.
Ogohlantirish: Adeyemi 90+5.
Umumiy jadval:

Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.