date

Gvardiola "Real" ustidan qo‘lga kiritilgan 2:1 hisobidagi g‘alabani izohladi

Gvardiola "Real" ustidan qo‘lga kiritilgan 2:1 hisobidagi g‘alabani izohladi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Madriddagi muhim 2:1 hisobidagi g‘alabadan keyin jamoa o‘yini haqida fikr bildirdi.

Gvardiolaning aytishicha, uning jamoasi yanada kuchli o‘ynashga qodir edi, chunki bu stadionda maydonga tushish hamisha og‘ir bo‘ladi. Uning ta’kidiga ko‘ra, besh-olti futbolchi birinchi marta shu arenani his qildi va bu g‘alabani yanada qimmatli qiladi.

U shunday dedi:

"Ochkolar juda muhim. Hozir hisobimizda 13 ochko bor va birinchi sakkizlikka kirish o‘z qo‘limizda. "Bayer" bilan og‘ir o‘yindan keyin bu yerda g‘alaba qozonish oson ish emasdi".

"Real"ning taktikasi kutilganidek bo‘lmadi

Gvardiola raqibning o‘yin uslubi rejaga mos kelmaganini ham ta’kidladi:

"O‘yinni xato bilan boshladik. Men "Real"ni yuqori pressing qiladi deb o‘ylagandim, ammo ular pastdan o‘ynashdi. Bu bizga ma’lum qiyinchilik yaratdi. Natijadan qoniqdik, ammo hali yetishmaydigan jihatlar bor".

U Rodrigo, Vinisius va Bellingem haqida ham fikr bildirib, ularning tezligi va driblingi katta xavf solishini qayd etdi:

Vinisius, Bellingem – ajoyib futbolchilar. Ularning tezligi katta xavf soladi. Shuning uchun oldingi chiziqda qolib ketmaslik, himoyada tinimsiz ishlash kerak. Bizga yetishmay turgan jihatlar bor, ularni yaxshilash lozim".

Xoland haqida

Gvardiola Erling Xolandning holatini shunday izohladi:

"Uning statistikasi gapni o‘zi aytadi. Biroq uni o‘yinga ko‘proq qo‘shishimiz zarur. So‘nggi o‘yinlarda u aktivlikdan tushib qoldi. Uni yana o‘yinga tortuvchi yechimni topishimiz kerak".

Chempionlar ligasi haqida

Murabbiy jamoa hali Chempionlar ligasida g‘oliblik uchun tayyor emasligini bildirdi:

"Biz hali tayyor emasmiz. Da’vogarlik uchun yo‘l uzun. Fevralga kelib, yanada kuchliroq ko‘rinishda bo‘lamiz".

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola "Real" ustidan qo‘lga kiritilgan 2:1 hisobidagi g‘alabani izohladi