Mbappe "Real"ning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

Madridning "Real" klubi navbatdagi uchrashuvni yulduzli hujumchisi Kilian Mbappesiz o‘tkazishi mumkin. Avvalroq futbolchi Chempionlar Ligasining "Manchester Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tgan guruh bosqichi uchrashuvini (1:2) ham o‘tkazib yuborgan edi.
Insayder Serxio Kirante ijtimoiy tarmoqlar orqali bergan ma’lumotiga ko‘ra, Mbappening Ispaniya chempionatining 16-turida "Alaves"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida. Fransuz futbolchisi jarohat tufayli oyoqdagi noqulayliklarni boshdan kechirmoqda.
"Alaves" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakshanba, 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan mezbonlar La Liga turnir jadvalida 11-o‘rinni, madridliklar esa ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing