
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior yana gol ura olmadi. Yevropa Chempionlar Ligasining so‘nggi turida "Real" o‘z maydonida "Manchester Siti"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Madridliklar safidagi yagona golni Rodrigo kiritdi. "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin Vinisius uchun ketma-ket 15-o‘yin bo‘lib, unda u gol ura olmadi.
Ushbu seriya klub va milliy jamoa miqyosidagi barcha musobaqalarni o‘z ichiga oladi. U so‘nggi marta 10-oktabr kuni Braziliya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida (5:0) gol urgan edi.
Joriy mavsumda Vinisius "Real" safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.