
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso iste’foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Real" rahbariyati Alonso uchun so‘nggi imkoniyat sifatida keyingi uchta uchrashuvni belgilagan. Shuningdek, Chempionlar ligasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan oldin murabbiyga hech qanday ultimatum qo‘yilmagani ta’kidlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" Chempionlar ligasining guruh bosqichida "Manchester Siti"ga o‘z maydonida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Shuningdek, La Liganing 15-turida "Real" "Selta Vigo"ga qarshi o‘yinda 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
2025 yil oxiriga qadar "Real" "Alaves", "Talavera" (Ispaniya Kubogi) va "Sevilya"ga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishi kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.