Oliver Kan Alonso va "Real" uyg‘unligini tanqid qildi

Germaniya terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq darvozaboni Oliver Kan "Real" Madrid bosh murabbiyi Xabi Alonsoning ishini baholadi. "Meni "Real"ning natijalari hayratga solmayapti, chunki murabbiyning g‘oyalari bu jamoaga mos emas.
Uning uslubi tor ixtisosli futbolchilarga mo‘ljallangan. Ammo Madrid jamoasi butunlay boshqa uslubda o‘ynaydi.
Ular erkinlik va individual harakatlarga odatlangan. "Real" futbolchilari ularga qolip bo‘yicha o‘ynashni majburlashlarini istamaydilar.
Jamoaga yulduz futbolchilarni birlashtira oladigan mutaxassis kerak", - dedi Oliver Kan Sky Sport Germany nashriga bergan intervyusida. La Liga doirasida "Real" Madrid musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam "Barselona"dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing