
Xabi Alonso "Real Madrid" bosh murabbiyligi lavozimidan ketishi mumkin. Bu haqda Germaniyaning Sky nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, agar jamoa "Alaves"ga qarshi yaqinlashib kelayotgan o‘yinda yomon natija qayd etsa, rahbariyat Alonso bilan xayrlashishi mumkin. Nashr mualliflari Florian Plettenberg va boshqa jurnalistlar madridliklar yangi murabbiy qidirayotganini ta’kidlashdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres Zinedin Zidan nomzodini asosiy variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, Yurgen Kloppning ham nomzodi muhokama qilinmoqda.
Bundan tashqari, klub afsonasi Alvaro Arbeloaning ham murabbiylikka da’vogarlar ro‘yxatida ekani aytilmoqda. Qayd etish kerakki, "Real Madrid" so‘nggi uchrashuvlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va barcha musobaqalarda o‘tkazilgan oxirgi sakkizta uchrashuvdan faqat ikkitasini g‘alaba bilan yakunladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.