date

"Real" Vinisiusga shart qo‘ydi: shartnomani uzaytirish yoki sotish

"Real" Vinisiusga shart qo‘ydi: shartnomani uzaytirish yoki sotish

"Real Madrid" jamoasi braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorga shartnomani uzaytirish taklifini kiritdi. Bu haqda "Le Journal Du Real" nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi shartnomaning yangi shartlariga o‘tish uchun maoshini oshirish talabini qo‘ygan.

Klub rahbarlari, Vinisiusga shart qo‘ygani haqida xabar bergan. Unga shartnomani uzaytirish taklifini qabul qilish yoki mavsum yakunlangach, jamoa uni sotishga qo‘yishni ko‘rsatgan. Hozirda Vinisiusning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda tugaydi. "Transfermarkt" portalida uning joriy narxi 150 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, Vinisius joriy mavsumda Xabi Alonso qo‘l ostida 28 ta o‘yinda maydonga tushgan va 6 ta gol kiritgan, shuningdek, 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. "Real" uchun uning o‘yinlari sezilarli darajada muhim bo‘lib, klub yangi shartnomani muvaffaqiyatli o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Real" Vinisiusga shart qo‘ydi: shartnomani uzaytirish yoki sotish