Xabi Alonso Arbeloaning kelajagi haqida fikr bildirdi

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso yaqinda klub atrofidagi mish-mishlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Xabar berilishicha, agar Alonso iste’foga chiqsa, uning o‘rniga "Real"ning yoshlar jamoasini boshqarayotgan Alvaro Arbeloa tayinlanishi mumkin.
Savolga javob berar ekan, Alonso shunday dedi: "Arbeloa kelajakda "Real"ning bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Biz bu mavzuda gaplashganmiz, ammo ko‘proq "Kastilya" jamoasi futbolchilari haqida suhbatlashdik.
Ular ertaga bizning jamoamizga qo‘shilishadi. Boshqa mavzularni muhokama qilmadik." Shuningdek, "Real" La Liga doirasida "Alaves"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin uchun tarkibni e’lon qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing