
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior yaqin istiqbolda jamoani tark etishi ehtimoldan yiroq. Joriy mavsum davomida OAVda braziliyalik futbolchini 2026 yilda sotish ehtimoli, yangi shartnoma shartlari bo'yicha kelishmovchiliklar fonida tez-tez tilga olinib kelmoqda.
Biroq Diario AS yangilangan ma'lumotiga ko'ra, "Real" rahbariyati Vinisius amaldagi kelishuvni uzaytirishiga mutlaqo ishonadi. "Qirollik klubi" boshliqlari yulduz futbolchiga to'liq ishonch bildirgan va shartnoma muddati tugagach uning erkin agent sifatida ketishi ssenariysini ham ko'rib chiqmayapti.
Shuningdek, Vinisiusning bosh murabbiy Xabi Alonso bilan kelishmovchiligi to'liq bartaraf etilgani qayd etildi. Mutaxassis 25 yoshli futbolchini jamoa uchun "sotilmaydigan" o'yinchi, deb hisoblaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.