
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior La Liganing 16-turida "Alaves"ga qarshi o'yinda Rodrigoga golli uzatma bergach, darhol bosh murabbiy Xabi Alonso tomon yugurib borib, uni quchoqladi. OAVda avvalroq Alonso va Vinisius o'rtasida kelishmovchilik borligi haqidagi mish-mishlar faol muhokama qilingan edi.
Xabarlarga ko'ra, agar ispaniyalik mutaxassis jamoa boshqaruvida qolsa, braziliyalik futbolchi klub bilan shartnomasini uzaytirishni istamasligi aytilgan. Uchrashuvda "Real" safarda 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Jamoaning ikkinchi golini Kilian Mbappe urdi, unga golli uzatmani Jud Bellingem amalga oshirdi. Bu natijadan so'ng "Real" 39 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Barselona"dan to'rt ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.